Prezident taklifiga binoan Tanzila Narbayeva uchinchi bor Oliy Majlis Senati raisi etib saylandi. Sodiq Safoyev esa uning birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev o‘rinbosari bo‘ldi.
Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisi 6-aprel kuni chaqiriladi. Unda davlat chegarasini qo‘riqlash, Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik, Qozog‘iston bilan mahkumlarni topshirish hamda xotin-qizlar va bolalar huquqlari haqidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Tashqi ishlar vazirligi va ombudsman hisoboti eshitiladi.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, adabiyotshunos olim Shuhrat Sirojiddinov Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. Mukofot Qirg‘iziston Jogorku Keneshi taklifi bilan 2012 yil noyabr oyida ta’sis etilgan.
Senat yalpi majlisida senator chaqaloqlar uchun zarur bo‘lgan ikki dori mavjud ehtiyojning 50 foizini ham qamrab olmayotganini tanqid qildi. SSV rahbari o‘rinbosari u keltirgan raqamlarga shubha bilan qaradi. Senat raisi Tanzila Narbayeva unga tanbeh berib, raqamlar tahlil asosida tayyorlanganini aytdi.
Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar etib saylandi. Shu paytga qadar o‘rinbosar bo‘lgan Murat Kallibekovich Kamalov lavozimidan ozod etildi.
Senatning 27-yalpi majlisi 13 iyun kuni chaqiriladi. Unda davlat mulkini boshqarish, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklashga oid qonunlar ko‘riladi. Bundan tashqari, senatorlar Oliy sud raisini saylashi rejalashtirilgan.
28 may kuni Oliy Majlisi Senatining 26-yalpi majlisi yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi. Avvalroq Senatning 25-yalpi majlisi boshlanganidan deyarli 8 daqiqa o‘tib, hech qanday sabablarsiz Uzreport TV telekanalida ham, telekanalning YouTube-sahifasida ham to‘xtatilgan edi.
Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi va yetarli sharoitlar yaratilmaganligi ustidan shikoyat qilmoqda. Oliy Majlis Senati ushbu holatni o‘z nazoratiga oldi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. Yangi tahrirdagi qonunda bir qator yangi normalar mavjud.
Moliya vaziri Timur Ishmetov 2020 yilda davlat byudjetiga qancha daromad tushganini ochiqladi. Yil boshidagi prognozga nisbatan davlat byudjetiga QQSdan 13 trln so‘m kam mablag‘ tushgan. Vazir kamomadlar nimaning hisobiga qoplanganligini ham ma’lum qildi.
2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 21,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Senat majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov tashqi qarz nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi.
Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi. Unda fazoviy ma’lumotlar, noshirlik faoliyati, psixiatriya yordamiga oid qonunlarni ko‘rib chiqish reja qilingan. Qolaversa, Hisob palatasi, Bosh prokuratura hamda Markaziy bankning 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari muhokama qilinadi.
Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi «huquqiy bo‘shliq"lar mavjud bo‘lgan qurol to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartish kiritishni ko‘rib chiqmoqda, deya qayd etdi senator Farhod Boqiyev. Qurol va o‘q-dorilar muomalasi ustidan davlat nazorati funksiyalarini Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazish, qolaversa, o‘qotar bo‘lmagan qurol muomalasi qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilmoqda.
4 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining yig‘ilishida beshta tuman — Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Urganch tuman hokimlariga majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganliklari uchun hayfsan berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting